"Real" yarim himoyachisi yuqori raqobat tufayli klubni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017, 17:43
"Real" yarim himoyachisi Markos Lorente faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, bunga "Qirollik klubi"ning xorvatiyalik xavbeki Mateo Kovachich o'yini sabab bo'lishi mumkin. Oldinroq, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan va klub prezidenti Florentino Peres Kovachichni transferga qo'ymaslikka qaror qilgani e'lon qilingan edi.

Lorente so'nggi mavsumni "Alaves" safida ijarada o'tkazdi va "Real"ga Karlos Kasemironing birinchi o'rinbosari bo'lish niyatida qaytdi. Lorente xizmatlariga bir nechta klub qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS