Markos Lorente "Chelsi"ga o'tishni xohlamadi

Alisher
19 avg 2022, 17:18
"Chelsi" "Atletiko" yarim himoyachisi Markos Lorenteni o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.

Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko'ra, "Chelsi" Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun 60 million evro taklif qildi. Ammo, "Atletiko" futbolchisining o'zi taklifni rad etdi.

27 yoshli ispan 2019 yildan beri Madrid klubida o'ynaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi o'tgan mavsum "matraschilar" safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MatteMoretto