

Bu haqda "Marca" xabar bermoqda. Fransiyalik o'yinchi ushbu shikastlanish tufayli bir oyni o'tkazib yuboradi. Bu davrda "Real" Chempionlar Ligasida “Chelsi” bilan chorak final uchrashuvlarini va "Barselona" bilan Ispaniya Kubogi yarim finali javob o'yinini o'tkazadi.
E'tiborlisi, Ferlan Mendi yanvar oyi oxirida jarohat olgan edi. O'shandan beri u faqat bir marta "Barselona" bilan to'qnashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi.



