Neymar PSJning Fransiya chempionatidagi keyingi o'yinida ishtirok etmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 noya 2017, 15:28
PSJ hujumchisi Neymar 4 noyabr kuni bo'ladigan "Anje"ga qarshi Fransiya chempionati uchrashuvida maydonga tusha olmasligi mumkin.

Braziliyalik futbolchi "Anderlext"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvida jarohat olgan edi.

Neymarning ushbu bahsda ishtirok etishi o'yindan oldin ma'lum bo'ladi. Joriy mavsum braziliyalik Fransiya chempionatining 8ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe