Mourinyu: “Sport nuqtayi nazaridan MYU Yevropa Ligasiga yo'l olgani adolatsiz”

Eldor Akmurzayev
9 dek 2020, 19:15
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu “Manchester Yunayted”ning Yevropa Ligasiga tushib ketgani haqida fikr bildirdi.

“Manchester Yunayted” endi Yevropa Ligasi g'olibligi uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi. Yevropa Ligasiga tushib ketgan jamoalar doimo kuchli, odatda ularning darajasi Yevropa Ligasinikidan yuqori.

“Manchester Yunayted” – eng kuchli jamoalar qatorida. Ular juda qiyin guruhda edi. Hamma ularning hech biriga oson bo'lmasligi va Yevropa Ligasiga zo'r jamoa yo'l olishini bilardi.

Bu Yevropa Ligasi uchun juda yaxshi, keyingi bosqichda Chempionlar Ligasidan 8 ta jamoa qo'shiladi, raqobat o'sadi. Sport nuqtayi nazaridan esa bunday bo'lishi adolatsiz, chunki, jamoa bir musobaqada muvaffaqiyatga erisholmadi, ammo boshqasida ishtirokini davom ettiradi”, deydi Joze.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Metro