

“Qizil iblislar” portugaliyalik forvardni Pirs Morgan bilan shov-shuvli intervyusi uchun 1,14 million evro jarimaga tortmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu intervyu chog'ida "Manchester Yunayted" rahbariyati va murabbiylar shtabi haqida nomaqbul gapirgan, shuningdek, klub siyosatining to'g'riligiga shubha qilgan. Ushbu suhbat futbol jamoatchiligi orasida katta rezonansga sabab bo'ldi.
Ko'pchilik Krishtianuni klub va uning xodimlari ustidan omma oldida shikoyat qilgani uchun tanqid qila boshladi. Keyinroq jurnalist Pirs Morganning aytishicha, Ronalduning o'zi undan intervyu tashkil qilishni so'ragan va u juda ko'p tanqid qilinishini tushungan, chunki "haqiqat insonga zarar etkazishi mumkin".



