Lineker: "Mbappening qarori futbol qoidalarini buzishga teng bo'ldi"

Mirjalol Normatov
22 may 2022, 12:12
Sobiq futbolchi Gari Lineker hujumchi Kilian Mbappening PSJda qolish qarori haqida gapirdi.

Parijliklar forvardi "Real"ga rad javobini bergan holda klubi bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirdi.

"Ispaniya futbolini yaxshi ko'raman, shu sababli Mbappening PSJda qolish qarorini sport qoidalarini buzishga teng bo'ldi deb ayta olaman.

"Real" va "Barselona" doimo superyulduzlarga e'tibor bergan va ular uchun katta summalar tikkan. Ulardan boshqa klublarning imkoniyatlari yuqori emas. Ammo har doim ham sen istagandek bo'lavermaydi", - deb yozadi sobiq futbolchi o'z tvitterida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GaryLineker/