La Razón gazetasi Messini haqorat qilgani uchun tovon puli to'laydi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2016, 15:55
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Argentina va Germaniya o'rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvidan (0:1) so'ng La Razon gazetasi e'lon qilgan maqolasi ishida g'alaba qozondi.

"Sonatina" nomi ostidagi muallif jurnalist Alfonso Ussia bo'lgan. Ussia Messi mundialning eng yaxshi futbolchisi bo'lishi kerak emasligini yozgan. Maqolada Leo va uning shifokorlarini futbolchi bo'y o'stiruvchi gormonlarni ichishni to'xtatishi kerakligi haqida yozilgan. O'yinchining oilasi buni haqorat sifatida qabul qilgan va gazetani sudga bergan edi.

Barselona sudining qaroriga ko'ra, Ussia Messiga 65 ming evro miqdorida tovon puli to'lashi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo