Argentina bosh murabbiyi: "Men Messi bilan maslahatlashmasdan hech qanday qaror qabul qilmayman"

6 iyun 2026, 08:20
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Lionel Messining milliy jamoadagi roli haqida gapirib o'tdi.

"Zaxiraga olinish hech kimga yoqmaydi, hatto Messiga ham.. Men Messi bilan maslahatlashmasdan hech qanday qaror qabul qilmayman. Men bu yerda boshliqman, deb aytish mantiqsiz. Biz doimo qabul qilinadigan barcha qarorlarimizni Messi bilan muhokama qilamiz. Men undan fikrini, ahvoli qandayligini so'rayman va biz bir to'xtamga kelishga harakat qilamiz.

Menimcha, bu shunday bo'lishi ham kerak, chunki u maydonda qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ham, bizga juda katta foyda keltiradi. U ko'plab vaziyatlarni sodir etish va yaratishga qodir", - deya Skalonining so'zlarini keltiradi Olé nashri.

Futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi. Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. 2022 yilgi sayyora birinchiligi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan to'qnash kelgandi. O'yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqishgandi (4:2).

O'xshash yangiliklar


Manba: Olé