"So'nggi o'yin… Butun umrlik libos". Messi terma jamoadagi xayrlashuv o'yini libosini ko'rsatdi

22 sen 2026, 07:50
Hujumchi Lionel Messi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv uchrashuvi uchun tayyorlangan libosni ko'rsatdi.

6 oktyabr kuni Argentina terma jamoasi Benin milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O'yin Buenos-Ayresdagi "Monumental Antonio Vespuchchi Liberti" stadionida bo'lib o'tadi.

Futbolchi libos tasvirlangan postni joylashtirib, unga shunday izoh qoldirdi: "So'nggi o'yin… Butun umrlik libos".

Messi 2005 yildan beri Argentina terma jamoasida to'p suradi. Terma jamoa tarkibida u JCH-2022, ikki marta Amerika Kubogi (2021, 2024) va Finalissimani (2022) qo'lga kiritgan. 2026 yilgi jahon chempionatida forvard jamoasi bilan finalgacha yetib borib, unda Ispaniyaga (0:1) imkoniyatni boy berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://www.instagram.com/leomessi/