Kuman: “Futbolchilarim o'yin davomida ustunlik qildi, ular bilan faxrlanaman”

Aslanov Jasurbek
25 noya 2020, 08:31
“Barselona” ustozi YCHL 4-turi doirasida “Dinamo K” ustidan qozonilgan g'alabadan (4:0) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ushbu bahsda biz chindan ham ko'rishni istayotgan “Barselona”ni ko'rdik. Yigitlarim o'yin davomida ustunlik qildi. Shunday ekan ular bilan faxrlanishim mumkin. To'g'ri, birinchi bo'limda hal qiluvchi vaziyatlarda samaradorlik yetishmadi, biroq umuman olganda men mamnunman. Grizmannda kichik jarohat bor edi. Shuning uchun o'yinni zaxiradan boshladi. Kimgadir vaqtida dam berish, mashg'ulotlar vaqtida ter to'kib, ammo maydonga kam tushayotganlarga ham o'yin amaliyotini taqdim etish kerak. Oskar Mingesa bugun uni ham hisobga olishimiz mumkinlini namoyish etdi”, - deydi Kuman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA