

“Birinchi bo'limdan ko'nglim to'ldi, biroq ikkinchi bo'limda bizda muammolar paydo bo'la boshladi. Xorvatiya terma jamoasining yarim himoyasi o'yini boshqarishni boshladi, bu esa bizga qiyinchiliklar tug'dirdi. Biz qo'limizdan kelgan barchasini qildik. Biz iloji boricha pressing qilishga harakat qildik. Biroq bugun ular ancha ishonchli o'yin ko'rsatishdi”,-dedi Kuman.



