Koronavirus bilan kasallangan Ronaldu “Barselona”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradimi?

Eldor Akmurzayev
13 okt 2020, 21:40
Bugun, Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduda COVID-19'ga topshirgan test tahlili ijobiy natija bergani haqida xabar bergandik.

Ronaldu Millatlar Ligasi 4-turi doirasida o'tadigan Shvetsiyaga qarshi o'yinda qatnasholmasligi aniq bo'ldi. Shuningdek, 35 yoshli forvard “Yuventus” safida “Krotone” (A Seriya, 17 oktyabr) va “Dinamo K” (YCHL, 20 oktyabr) bilan bahslarni ham o'tkazib yuborishi aytilmoqda.

Yaqinda Italiya ilmiy-texnik qo'mitasi karantin muddatini 14 kundan 10 kungacha qisqartirishi to'g'risida qaror qabul qildi va buning uchun koronavirus testi salbiy chiqishi kifoya qiladi. 

Demak, Ronaldu o'n kunlik karantindan so'ng virusdan to'liq forig' bo'lsa, “Verona” (A Seriya, 25 oktyabr) hamda ko'pchilik kutayotgan “Barselona”ga (YCHL, 28 oktyabr) qarshi o'tadigan uchrashuvlargacha safga qaytishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia