Isko va Solari kelisha olmay qolishdi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2018, 19:14
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari va jamoa yarim himoyachisi Isko "Eybar"ga qarshi LaLiganing 13-tur uchrashuvidan so'ng kelishmovchilik yuz berdi.

O'sha uchrashuvda "Qirollik klubi" 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bahsdan keyin "qaymoqranglilar" futbolchilari murabbiy bilan kiyinish xonasiga yo'l olishdi. Solari Iskoning qo'lini siqib qo'ymoqchi edi, ammo xavbek murabbiyga qo'l cho'zmadi. Ushbu voqeadan so'ng mutaxassis futbolchini "Roma"ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritmadi.

Oldinroq, 26 yoshli ispaniyalikka "Arsenal", "Napoli", "Milan" va "Yuventus" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca