Isko "Betis" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2025
"Betis" yarim himoyachisi va sardori Isko klub bilan yangi bitim tuzdi.

Yangi shartnoma 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Isko - "Valensiya" tarbiyalanuvchisi. U faoliyati mobaynida "Malaga", "Real" va "Sevilya" jamoalarida ham o'ynagan. Isko 2023 yildan beri "Betis" safida 69 o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 18 ta golli uzatma bergan.

Yarim himoyachi "Real"dagi faoliyati uch marta Ispaniya chempionati, bir marta Ispaniya Kubogi va uch marta Ispaniya Superkubogini yutgan. Xalqaro miqyosda esa to'rt marta Chempionlar Ligasi va FIFA Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati, shuningdek, uch bor UEFA Superkubogida g'olib chiqqan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realbetisbalompie.es