Isko final oldidan qanday fikrda?

Mirjalol Normatov
27 may 2025
28 maydan 29 mayga o'tar kechasi Yevropa Konferenciyalar ligasi finali doirasida "Chelsi" hamda "Betis" jamoalari o'zaro kuch sinashadi.

Ushbu uchrashuvdan oldin "Betis" futbolchisi Isko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Betis"dagi qanday yo'q sifat "Chelsi"da bor?

- Yaxshi savol... Eng asosiysi - katta pul. "Betis"da esa katta shijoat bor. Bu o'yin orqali biz tarix yozishni istaymiz. 

Finalga chiqar ekansan, o'yindagi eng yorqin hissiyotlaringni ko'p o'ylarkansan. Biroq koncentraciyani ushlab qolish kerak. Bizni juda og'ir o'yin kutib turibdi.

"Betis" uchun bu ilk evrokuboklar sovrini bo'lishi mumkin. Sardor sifatida bu sovrinni ko'tarish men uchun juda muhim, - dedi Isko.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca