

"Tezda "Barselona"ning asosiy tarkib futbolchisi bo'lishni kutmayapman. U erga katta ishtiyoq bilan yo'l olaman va asosiy tarkibga kirishga umid qilaman. Sevgan qizim tez-tez Barselonaga borib turadi va hozir u yerdan uy qidirmoqda. Hozir ispan tilini o'rganyapman.
Albatta, "Ayaks"ni sog'inaman. Bu yerda o'tkazgan har bir onimdan rohatlanganman. "Ayaks" yoshlarni tarbiyalaydigan klub. Ketish og'ir, ammo "Barselona"ning bir qismiga aylanayotganimdan mamnunman" - deydi de Yong.



