“El-Klasiko” vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi

Eldor Akmurzayev
14 may 2020, 21:00
“Barselona” – “Real” o'rtasidagi o'yin paytida terrorchilik harakatini sodir etishni ko'zlagan erkak qo'lga olindi.

Marokashlik fuqaro 8 may kuni Barselonada qo'lga olingan va hibsga yuborilgan edi. Keyinchalik u huquq-tartibot organi xodimlariga dron yordamida terakt uyushtirishni rejalashtirgani haqda aytgan. Biroq, u muxlislarga qanday hujum qilishni xohlagani haqda aniq gapirmagan va dron ham topilmagan.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, gumonlanuvchi yaqin 4 yil ichida terroristik tashkilotlardan biri bilan aloqada bo'lgan va so'nggi vaqtlarda e'tiborni jalb qilmaslik uchun kam ko'rinish bergan.

Eslatib o'tamiz, La Liga 10-turi doirasida “Kamp Nou”da o'tgan bahsda hisob ochilmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Sexta