

"Le Parisien" xabariga ko'ra, Parij klubi fransiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilgan. Ammo hozirda yakuniy qaror klubning yangi bosh direktori Luish Kampushga tegishli bo'lib qoladi.
Portugaliyalik menejer Dembele bilan muzokaralarning to'xtatilishini talab qilgan, u futbolchining doimiy jarohatga yo'liqishi va o'z ishiga layoqatsizligidan mamnun bo'lmagan.
Oldinroq Usmon PSJga o'tish uchun "Barselona" bilan shartnoma imzolashdan voz kechgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.



