"Chelsi" PSJ ko'zlagan futbolchini "ilib" ketmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
26 may 2023, 14:04
Lissabonning "Sporting" jamoasi himoyachisi Manuel Ugarte "Chelsi" futbolchisiga aylanishi mumkin.

London klubi Urugvay termasi futbolchisi bilan 6 yillik shartnoma imzolashga tayyor. Transfer summasi taxminan 65 million evroni tashkil qiladi.

Avvalroq Ugarte xizmatlariga PSJ qiziqayotgani va francuzlar 60 million evro berishga tayyorligi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal