"Chelsi" hali Jorjino bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlamadi

Alisher
1 dek 2021, 14:47
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinoning agenti Joau Santos London klubi hali futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlamaganini ma'lum qildi.

"Bizda hali shartnomani uzaytirish borasida hech qanday muzokaralar yo'q. Kelishuv 2023 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Muzokaralar yaqin oylarda boshlanishi mumkin", - deydi Santos.

Jorjino "Chelsi"da 2018 yilning iyulidan beri o'ynaydi.

29 yoshli italiyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "ko'klar" libosida 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano