"Bavariya" belgiyalik futbolchini sotib olish uchun kurashga qo'shildi

5 yanv 2019, 22:35
Myunxenning "Bavariya" klubi Yannik Karraskoga qiziqish bildirmoqda.

Italiyaning Calciomercato nashrining xabariga ko'ra, Karrasko hozirgi vaqida to'p tepayotgan klubi "Dalyan Ifan"ni tark etib, Yevropada faoliyatini davom ettirishni istamoqda. Vaziyatni to'g'ri tushungan "Bavariya" rahbariyati 25 yoshli vingerni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Avvalroq, Karraskoga o'z o'yinini topib borayotgan "Manchester Yunayted" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: calciomercato.com