"Barselona" yarim himoyachisiga uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi

Mirjalol Normatov
22 sen 2023, 22:55
"Barselona"dagilar yarim himoyachi Frenki de Yongga 5 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

Niderlandiyalik futbolchiga ham Mark-Andre ter Shtegenga qo'llangan formula ishlatiladi. Yani, futbolchi dastlabki ikki mavsum mobaynida pastroq maosh uchun o'ynaydi. Bu klubning moliyaviy inqirozdan chiqib olishi uchun yordam bo'ladi. Keyingi uch yilda esa futbolchiga etarlicha maosh beriladi.

De Yong bilan amaldagi kelishuv 2026 yil yoziga qadar davom etadi. "Barselona" shu sababli shartnomani uzaytirishga shoshilayotgani yo'q. Frenki 2019 yili kataloniyaliklar safiga kelib qo'shilgan. U jamoa tarkibida 187 o'yinda qatnashib, 16 gol va 21 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo