

Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Kataloniyaliklar "Liverpul" bilan moliyaviy qiyinchiliklar va yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq muammolarga qaramay, dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan. Kolumbiyalik futbolchining transferi "Barsa"ga katta pulga tushadi, ammo unga bo'lgan qiziqish jiddiyligicha qolmoqda.
Shu bilan birga, Dias ehtimoliy transfer bo'yicha aniq qadamlar tashlagan Saudiya Arabistoni klublari short-listidan ham o'rin olgan.
28 yoshli Luisning hisobida o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda 17 ta gol va beshta golli uzatma bor.




