"Barselona" Fatiga yangi shartnoma taklif qiladi

24 iyul 2020, 19:41
Kataloniyaning "Barselona" klubi Ansu Fati uchun yangi bitim tayyorlamoqda, deb xabar qildi Diario Sport.

Takidlanishicha, 17 yoshli vinger bilan hamkorlik shartnomasi yaqinda (2019 yilning dekabr oyi) yangilangan, ammo "ko'k-anorranglilar" rahbariyati Fatiga "Manchester Yunayted"ning jiddiy qiziqishlari fonida futbolchi bilan yangi bitim imzolash zarur degan qarorga kelgan.

Avvalroq Sunday Express nashri "Barselona " rahbariyati Fatini sotishga tayyorligi to'g'risida xabar qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario Sport