Arteta: “Derbi”dagi g'alaba burilish nuqtasi bo'lishiga umid qilaman”

27 dek 2020, 09:41
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 15-turi doirasida “Chelsi” ustidan (3:1) qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

“Biz uchun bu katta g'alaba. Natijalarimizdan ko'nglimiz to'lmayotgandi. Bundan barcha – futbolchilar, muxlislar ham qaysidir manoda “jabr” ko'rishdi. “Boksing dey”da London derbisida “Chelsi”ni mag'lub etishdanda a'loroq ish yo'q. O'ylamanki, bu g'alaba keyingi g'alabalarimizning debochasi bo'ladi. 

Futbolchilarim shunday yuksak saviyada o'yin ko'rsata olishlarini bilaman. “Chelsi” qanday kuchga ekanligini barchaga ma'lum. Ammo hal qiluvchi vaziyatlarda biz yaxshiroq harakat qildik. 

Jarohatlar, koronavirus, bir kishi kam bo'lib harakatlanish... Bizning g'alabamizga to'sqinlik qilgan jihatlar haqida o'ylarkansan, g'amgin muxlislarni g'alaba bilan xursand qilish albatta yoqimli. Ular natijalarimizdan xavotirga tushib qolishganini tushunib turibman.

Biz uchrashuvni yaxshi boshladik va tashabbksni o'zimizda saqlab tura oldik. BU jamoaga ishonch va xursandchilik baxsh etadi. Keling shu ruhda davom etaylik. Biz hali yana ko'plab jihatlarimizni yaxshilab olishimiz kerak”, dedi murabbiy “Sky Sports”ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports