Arsen Venger nega "Manchester Yunayted"ni boshqarishni rad etganini tushuntirdi

Alisher
21 okt 2020, 13:50
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsena Venger Manchester klublarining taklifi borasidagi savolga javob berdi.

"Siti" - hech qachon, "Yunayted" esa ha. Ammo men buni qachon bo'lganini ayta olmayman. Rad javobini bergandim, sababi "Arsenal" bilan ishlayotgan edim. Bizda "Arsenal" bilan sevgi tarixi bo'lgan. Mening hayotim - qizil va oq ranglardir.

Klubga kelgan paytim, o'zgacha jozibani his qilganman. Bu ananalarga va insonlara hurmat, shuningdek doimiy bo'lmagan hodisalardan qo'rqmaslikning aralashmasi edi", - deydi Venger.

Francuz "Arsenal"ni 1996-2018 yillar davomida boshqargan. "To'pchilar" uning qo'l ostida 17ta sovrin yutishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: FourFourTwo