Ana xolos. Paxtaobodlik futbolchilar maydonni nega muddatidan avval tark etdi?

Mirjalol Normatov
11 okt 2021, 22:26
Bazida futbol uchrashuvlari chog'ida qiziq va shu bilan birga e'tiborga molik jixatlar uchrab turadi.

Xususan, Andijon viloyati ikkinchi ligasida ham kuni-kecha kutilmagan xolat yuz berdi. Gap shundaki, viloyat birinchiligidan o'rin olgan “O'zTongXongKo” – “Paxtaobod” uchrashuvining 65-daqiqasida mehmonlar o'z noroziliklarini bildirib, butun jamoa bo'lib maydondan chiqib ketgan. “Paxtaobod” jamoasining yetakchi o'yinchisining aytishicha, o'yinni boshqarib borgan hakamning qarorlari jamoadoshlarini qattiq ranjitgan.  

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, mazkur bahsni boshqarib borish Lochin Dolimov zimmasiga yuklatilgan. Ammo keyinchalik o'zgarish bo'lib, “O'zTongXongKo” – “Paxtaobod” uchrashuviga Bekzod To'lqinov hakamlik qilib borgani aniqlandi. Shunga qaramay, Andijon viloyati futbol assotsiatsiyasining telegram kanalida, o'yinni Lochin Dolimov boshqarib borgani yozib ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia