So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Youtube'ning Championat.asia sayti uchun yuborgan sovg'asi etib keldi Yangiliklar

Youtube'ning Championat.asia sayti uchun yuborgan sovg'asi etib keldi

2014 yil 25 dekabr kuni youtube.com platformasida o'sha payt 4 yoshga to'lgan championat.asia saytining rasmiy kanali ochilgan edi.

2019 yil 30 dekabr sanasida kanalimiz o'quvchilari soni 100 000dan oshdi. Juda ham katta hisoblangan youtube.com platformasi uchun bu juda ham kichik raqamdir, ammo biz uchun bu ajoyib natija bo'lgandi.

Ushbu natija qo'lga kiritilishida birinchi navbatda SIZ saytimizning o'quvchilari/tomoshabilarining hissasi katta bo'lganini alohida takidlashni istardik. SIZlarsiz bu natijaga hech qachon erisha olmasdik. SHunday ekan BARCHANGIZGA KATTA RAHMAT!

SHu bilan birga fursatdan foydalanib ushbu kanal rivojlanishida o'z hissasini qo'shgan insonlarni etirof etmoqchimiz.

NODIRXO'JA YULDASHEV
Saytimiz asoschilaridan biri aynan youtube.com platformasidagi kanalimizning ham asoschisi hisoblanadi. Kanal 2014 yil dekabr oxirida ochilganini aytdik, 2015 yil yanvar oyida Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogini shu kishi kanalda yoritib borgan edi.



ZOIR TURSUNBOEV
Championat.asia sayti bosh operatori va montajchisi. Bir necha yillardan buyon saytimizda chiqayotgan deyarli barcha videolar mana shu yigitning kompyuteridan o'tadi. SHu yigit qishda sovuqda, yozda jazirama oftob tagida, kuzda sharros yomg'ir yoqqanda ham kamerasi bilan o'zbek futbolini tasvirga olishda davom etadi. Bu videolarni ofisga kelib tezda montaj qiladi va allaqachon tun bo'lganini ham sezmay qoladi. 2018 yil yanvar oyida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoamiz chempion bo'lib qaytganida Toshkentda yarim tun va juda sovuq edi. SHunga qaramay Zoir kamerasini olib to'g'ri aeroportga borib lavha tayyorlagan edi.



JALOLIDDIN HALILOV
O'tgan yil saytimiz azosiga aylangan Masharipovning adashi chin manoda youtube.com uchun yaratilgan yigitlardan biri. "Kun xabarlari" va "Top-10" loyihalariga asos solgan Jaloliddin kanalimizning shu qisqa davr mobaynida rivojlanishiga katta yordam berib kelmoqda.



JAHONGIR FAYZULLAEV

Ikki yil oldin fotograf sifatida saytimiz azosiga aylangan Jahongir o'tgan yil Toshkent Madaniyat kollejini bitirdi va operator diplomini oldi. SHu bois Zoir Tursunboevga intervyular, loyihalar davomida yordam berib ikkinchi operator vazifasini bajarib kelmoqda. Qandaydir sabab bilan Zoir ishga kela olmay qolsa Jahongirning o'zi kamerani yoqib "diqqat, motor!" deya oladi.



HUSAN DIYOR SAFAEV
Toshkentning "Humo" xokkey jamoasi "Oliy Xokkey Ligasi"da ishtirok etdi. Toshkentda Rossiya, Qozog'iston, Xitoy klublari mehmon bo'lishdi. "Humo Arena"sidagi ushbu o'yinlarni saytimiz azolari Husan va Sabina qoldirmasdan kuzatib borishdi, muxlislik qilishdi, qayg'urishdi, quvonishdi. Har bir o'yindan lavhalar, bosh murabbiylar ishtirokidagi matbuot anjumani va xokkeychilarning qisqa fikrlari tezkorlik bilan taqdim etib borildi. Bundan tashqari Husan va Sabina kerak paytda O'zbekiston terma jamoasi va Superliga o'yinlarini ham shunday yoritishda yordam berishdi. SHu bilan birga Husan bir qator loyihalarda va intervyularda operatorlik vazifasini bajardi.



KAMOLIDDIN ALIMOV
Bir necha yillar davomida "Yoshlar" radiosida faoliyat olib borgan, bugungi kunda SPORT telekanalida ishlab kelayotgan ustozimiz Kamoliddin Alimov kamera qarshisida o'zini qanday tutish, qanday ohangda gapirish va qaysi joyda pauza qilish keraligi haqida yoshlarga o'z bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashmoqdalar. Alimov boshlovchilik qilayotgan "Tezkor studiya" loyihasi qisqa fursatda futbol jamoatchiligining etiboriga tushdi. Bundan tashqari Kamoliddin Alimov va Aziz To'xtamurodov Olamsport.com sayti uchun taniqli sportchilar bilan ko'plab intervyular uyushtirib kelishmoqda. Ushbu intervyular ham kanalimizning o'sishida va rivojlanishiga katta rol o'ynaganini takidlash lozim. Bugunga qadar kanalda eng ko'p ko'rilgan TOP-20ta videodan 9tasi aynan sportchilar ishtirokidagi videolar hisoblanadi.

 


JASUR ASLANOV
Futbolda tayanch yarim himoyachisi degan amplua bor. Bu joyda o'ynaydigan futbolchilar odatda o'yin vaqtida deyarli ko'rinishmaydi, biroq katta hajmdagi ishni bajarishadi. Tayanch yarim himoyachisi bo'lmasa jamoada parokandalik kelib chiqadi. Jasur ham saytimizning tayanch yarim himoyachisi hisoblanadi. Uning ishi ko'pchilikka ko'rinmas ammo u bo'lmasa jamoa g'olib bo'la olmaydi. Jasur youtube.com platformasida ko'pchiligimiz bilmagan narsalarni o'rgatgan va o'rgatib kelmoqda.

Kanalimiz obunachilari soni 100 000 dan oshishiga faqatgina shu 7 inson emas yana ko'plab xodimlarning hissasi bor.



Ortda qolgan davr mobaynida
kanalda quyidagi loyihalar taqdim etildi:
SHahboz Beg'amov va Kamola Qurbonova "GOAL" loyihasi
Nigora Abidova "Avtograf" loyihasi
Nodirxo'ja Yuldashev "12 oy, 12 viloyat" loyihasi
Jahongir Sotvoldiev "Brain Ring" loyihasi
Jahongir Sotvoldiev "Sport va sanat" loyihasi
Narzulla Saydullaev va Zebo "NZ" loyihasi
Zoir Tursunboev "Kichkina kamera" loyihasi
Diyor Imomxo'jaev "Hacker Club" loyihasi
Narzulla Saydullaev "Ko'chadagi kamera" loyihasi
Tolibjon Qosimov "Extra Time" loyihasi
SHahboz Beg'amov "O'yin kuni" loyihasi
Xayrulla Xoliqov "Blic suhbat" loyihasi
Xayrulla Xoliqov "XX Futbol" loyihasi
"Orzu" loyihasi
Husan Diyor Safaev va Sabina Ragimova "Humo Xokkey" loyihasi
Jaloliddin Halilov "Kun xabarlari" loyihasi
Jaloliddin Halilov "TOP 10" loyihasi
Narzulla Saydullaev va Gulshan Sadullaeva "Penalty" loyihasi
Kamoliddin Alimov, SHahboz Beg'amov, Tolibjon Qosimov "Tezkor studiya" loyihasi


Ushbu loyiha mualliflariga va unda ishtirok etgan barcha-barchaga KATTA RAHMAT aytamiz!

Kanalimizda 2015 yil Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogi va 2019 yil BAAda o'tgan Osiyo Kubogi voqea joyidan turib yoritildi. "Kelajak Yulduzlari", "Navro'z kubogi", "Odil Cup" va "Chacha Cup" boshqa ko'plab bolalar musobaqalari keng yoritib borildi. Karantin vaqtida dunyoda futbol to'xtab qolganida kanalda O'zbekiston chempionati va Kubogi o'yinlarining tarixiy o'yinlari taqdim etildi. Bu videolarni taqdim etgani uchun Bahodir Mirzaevga minnatdorchilik bildiramiz.

2020 yildan boshlab saytimiz Coca Cola Superligasining har bir o'yinidan keyin murabbiylar fikrlarini videoga olib tomoshabinlarga taqdim etishni boshladi. Bunda viloyatlardagi videomuxbirlarimiz bizga yaqindan yordam berishmoqda. Ularga ham minnatdorchilik bildiramiz.

Bugunga kelib kanalimizda 2000ga yaqin videolar mavjud, ushbu videolarni tomoshabinlarimiz 32 million martadan ziyod tomosha qilishdi. youtube.com platformasidagi qaysi kanal 100 000 obunachiga ega bo'lsa "kumush tugma" sovg'a qilishini ko'pchilik biladi. Bugun 19 iyun kuni mana shu "kumush tugma" bizga etib keldi. Navbatdagi maqsadimiz "oltin tugma". Buning uchun kanalimiz obunachilari soni 1 millionga etishi kerak.  



championat.asia sayti va hususan youtube.com platformasidagi kanali Sizlar uchun yanada shijoatli va yanada tezroq ishlashga vada beradi.

Zavqlaning,
Orzu qiling,
Bizni kuzating.


Youtube.com'dagi kanalimizga o'tish

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика