So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  0 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  10 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Ivan Boshkovich: "Birinchi bo'limda futboldagi barcha jabha bo'yicha raqibdan ustun keldik" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Birinchi bo'limda futboldagi barcha jabha bo'yicha raqibdan ustun keldik"

Superliganing 21-turi doirasida "So'g'diyona" - OKMK (4:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.

- G'alaba qozongandan keyin murabbiy sifatida natijadan mamnunman. Birinchi bo'limda futboldagi barcha jabha bo'yicha raqibdan ustun keldik. Juda-juda tartibli o'ynadik va barchasi o'z qo'limizda bo'ldi. OKMK ikkinchi bo'limda oldinga o'tishini kutgandim. Ko'plab futbolchilari hujumda o'ynadi. Bu esa bizga raqibni qarshi hujumda ushlash imkoniyatini yaratib berdi va jazoladik ham. 

Oldinlari bunday o'yinlarda ham mag'lub bo'layotgandik. Bundan jamoa va men katta saboq oldik. Tarkibdagi futbolchilarning sifati, jamoadagi raqobat kabi omillar shunday o'yinlarni osonroq o'tkazishimizga turtki bermoqda. Futbolchilar va muxlislarni tabriklayman. Bugun biz tomondan jangovar o'yin namoyish qilindi. Jamoa va klub o'sishda davom etmoqda. Bu hali boshlanishi. Birinchi davradayoq shunday o'yinlarda yirik hisoblarda yutishni kutib yurgandik. Bu bizning standartimiz bo'lishi kerak. Bugun faqatgina g'alaba qozonganimiz yo'q, jamoam jangovar o'yin ko'rsatdi. Endi navbatdagi raqiblarni ham mag'lub qilib, turnir jadvalida ko'tarilish kerak. Biz sifatimizga yarasha joyimizda bo'lishimiz kerak.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика