"Barselona" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi

6 iyul 2026, 19:30
"Inter" hujumchisi Markus Tyuram "Barselona"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Kataloniya klubi shu yozda hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Ko'k-anorranglilar" o'z e'tiborlarini fransiyalik futbolchiga qaratishdi. Tyuramning transferi "Barselona"ga 60 million evroga tushishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Tyuram o'tgan mavsumda jami 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 18 ta gol va 9 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: soccer.ru