Eshitdik-da! "Navbahor" yana ikki nafar braziliyalik futbolchini olib kelmoqchi
09 iyu 2025 15:55
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Navbahor" yana ikki nafar braziliyalik futbolchini olib kelmoqchi
"Championat.asia" sayti manbasining xabar berishicha, Namanganning "Navbahor" klubi yana ikki nafar braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Bular: 28 yoshli markaziy himoyachi Xulio Sezar hamda 26 yoshli hujumkor yarim himoyachi + vinger rolida o'ynay oladigan Demetrius.
J.Sezarning so'nggi jamoasi Taylandning "Utay Tani" klubi bo'lgan. U Tayland klubi tarkibida o'tgan mavsum jami 26 ta o'yin o'tkazgan va bitta gol urgan.

Demetriusning so'nggi jamoasi esa Greciyaning "Kallitea" klubi bo'lgan. U greklar safida 2022 yildan beri to'p tepib keladi. Shu vaqt ichida Demetrius 121 ta o'yin o'tkazgan va 13 ta gol urib, 14 ta assist berishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor"ni tez orada himoyachi Sergey Karpovich tark etishi kutilmoqda. Shunday bo'lgan taqdirda, "lochinlar"da ikki legioner limiti bo'shaydi va ular yuqoridagi braziliyaliklarni olib kelishlari mumkin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar