So’nggi yangiliklar

07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  0 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0

“Bu optimal tarkib emas. Hakam qarorlari to'g'ri edi, mag'lubiyatni tan ola bilish ham kerak" - Sanat Shixov Eron bilan o'yin haqida Yangiliklar

“Bu optimal tarkib emas. Hakam qarorlari to'g'ri edi, mag'lubiyatni tan ola bilish ham kerak" - Sanat Shixov Eron bilan o'yin haqida

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Sanat Shixov Eron bilan bo'lib o'tgan bellashuvni tahlil qildi.

Uning fikricha, mazkur o'yin nafaqat natija, balki tarkib va yangi futbolchilar imkoniyatlarini baholash nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega bo'ldi.


— Bu musobaqa biz uchun nomzod futbolchilarni ko'rib olish uchun juda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Bunday o'yinlar yangi futbolchilarni bosim ostida qanday o'yin ko'rsatishini ko'rsatib beradi — dedi Shixov.


U Temur Kapadzening hujumkor taktikasiga to'xtalib o'tdi:


— Timur Kapadze futbolchilarimizning imkoniyatlarini yaxshi biladi, taktikasi hujumkor. Albatta, Eron 115 daqiqa davomida bir kishi kam o'ynadi. Lekin shunga qaramasdan, futbolchilarimiz raqibni himoyaga butunlay o'tirib qolishiga majbur qila olishdi. 


Shixov tarkib va himoyadagi harakatlarni ham yuqori baholadi:


— Hali bu tarkibni optimal deb bo'lmaydi. Jahon chempionatiga qadar eng kuchli tarkib aniq bo'ladi. Asosiy himoyachimiz Abduqodir yo'qligiga qaramasdan, himoyachilarning ishonchli o'ynagani meni xursand qildi.


Sobiq futbolchi hakamlar faoliyati haqida ham fikr bildirdi:


— O'yinda VAR tizimi ishladi va hakamlar har bir vaziyatni ko'rib chiqib qaror qabul qilishdi. Menimcha, ularning qarorlari to'g'ri bo'ldi. Bu esa terma jamoamizning g'alabasi haqqoniy emasligini bildirmaydi. Futbolda shunday holatlar bo'ladi. Raqib qoidalarni hurmat qilishi shart. Professional sportchilar mag'lubiyatni tan olishni bilishi kerak, hakam yoki boshqalarni ayblash to'g'ri emas.


Shixovning so'zlariga ko'ra, O'zbekiston hujumchilarining salohiyati Osiyo miqyosida yuqori baholanadi:


— Hujumchilarimiz Osiyoda eng kuchlilardan. Kanotlardagi vingerlarimiz ham tezkor. Shuni hisobga olib, imkoniyatlarimizni yuqori baholayman, — deya xulosa qildi u.

Reyting: -1   

Fikrlar

   
10 okt 20:16:16
Зинуp
Rustam Ruziyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳа лаънати итдан бўлган падаринга юз миллиард марта лаънат.
Спермадек оқма шилта амни боласи)
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика