Sanat Shixov "Bunyodkor" U-21 jamoasida ish boshladi

Iskandarov Abdulaziz
22 yanv 2025
"Bunyodkor" klubi joriy mavsumdan boshlab barcha yosh toifalaridagi jamoalarning murabbiylar shtabiga yangi nomlarni jalb qilmoqda.

Xususan, klubning bosh jamoasidan keyingi o'rinda turadigan o'rinbosarlar tarkibining murabbiylari butunlay yangilandi desak yanglishmaymiz. Endilikda "Bunyodkor" U-21 jamoasi bosh murabbiyi Anvar Rahimovga yana bir sobiq futbolchi Sanat Shixov ko'maklashadigan bo'ldi. Demak, murabbiylar shtabi quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi. 

Bosh murabbiy - Anvar Rahimov

Yordamchi murabbiylar - Abduhamid Qodirov, Sunnatilla Mamadaliev, Sanat Shixov

Darvozabonlar murabbiyi - Shavkat Abduxo'jaev


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia