Superliga. "Andijon" bir kishi kam qolgan "Bunyodkor"ni engib, xavfli zonadan yuqoriga ko'tarildi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2026, 18:05
"Andijon" hamda "Bunyodkor" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 29-tur bahsi yakunlandi.

Superliga, 29-tur

"Andijon" - "Bunyodkor" 3:1

29 noyabr 2026 yil. Andijon, "Bobur Arena" stadioni. 16:00

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sanjar Shayusupov, Akmal G'iyosov, Sanjarbek Ahmadov

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Abdulvosidxon Valixonov

Gollar: 0:1 – 27, Nosirjon Abdusalomov; 1:1 – 39, Aleksandre Andronikashvili; 2:1 – 49, Martin Boake (Aleksandre Andronikashvili); 3:1 – 90+3, Usmonali Ismonaliev.

"Andijon": 1. Eldor Adhamov, 2. Odilbek Abdumajidov, 6. Aleksandre Andronikashvili, 15. Nemanya Chalasan, 17. Azizbek Turg'unboev, 18. Damir Temirov, 22. Usmonali Ismonaliev, 26. Muhammadkarim Toirov (28. Bekzod Sulaymonov, 44 (9. Imeda Ashortiya, 90+5), 27. Martin Boake, 33. Doniyor Abdumannopov (70. Hamidullo Karimov, 72 (7. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 90+5), 99. Rustam Turdimurodov (11. Humoyunmirzo Iminov, 72).

Zaxira: 19. Artyom Potapov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 23. Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 88. Shohjahon Yorqinboev.

"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 9. Matiya Krivokapich, 11. Sardor Abdunabiev (18. Narimonjon Ahmadjonov, 66), 17. Muzaffar Olimjonov, 21. Nosirjon Abdusalomov, 27. Islom Anvarov, 33. Eldor Naimov (8. Dmitriy Pletnyov, 78), 42. Abdulhamid Ikromov (14. Shahzodjon Nematjonov, 66), 45. Shamsiddin Tursunmuhammadov, 74. Ivan Bukrin, 88. Mirkamol Annamatov (56. Abduqodir Mirfayziev, 59).

Zaxira: 22. Muhammadyusuf Sobirov, 20. Abdulfayz Bobomurodov, 23. Tohir Shuhratov, 44. Alijon Bekmurotov, 53. Jahongir Isomiddinov.

Ogohlantirishlar: Nosirjon Abdusalomov (18), Bekzod Sulaymonov (62), Shahzodjon Nematjonov (67), Hamidullo Karimov (74), Ivan Bukrin (79), Humoyunmirzo Iminov (80)

Chetlatish: Shahzodjon Nematjonov (84, ikkinchi ogohlantirish)

🏁 O'YIN YAKUNLANDI! "Andijon" o'z maydonida "Bunyodkor"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

🔄 90+5' "Andijon" tarkibida ikkita o'zgarish: Hamidullo Karimov va Bekzod Sulaymonov o'rniga Po'latxo'ja Xoldorxonov hamda Imeda Ashortiya maydonga tushdi.

⚽️ 90+3' GOL! "Andijon" hisobdagi ustunligini oshirdi! Burchak zarbasidan so'ng Humoyunmirzo Iminov yo'llagan zarbani Abdumavlon Abdujalilov qaytardi. Qaytgan to'pga Usmonali Ismonaliev zarba berdi. To'p darvoza to'siniga tegib qaytgach, Ismonaliev ikkinchi urinishda uni darvozaga joylab qo'ydi – 3:1.

90' Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

🟥 84' Shahzodjon Nematjonov qoidabuzarlik sodir etdi va hakam qaroriga keskin etiroz bildirdi. Futbolchi ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi. "Bunyodkor" bir kishi kam bo'lib qoldi.

🟨 80' Humoyunmirzo Iminov Abduqodir Mirfayzievga nisbatan qoidabuzarlik sodir etgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

🟨 79' Ivan Bukrin Martin Boakega nisbatan xavfli o'yin ko'rsatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

🔄 78' "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish: Eldor Naimov o'rniga Dmitriy Pletnyov maydonga tushdi.

⚠️ 77' Xavfli vaziyat! "Bunyodkor"ning qarshi hujumida Nosirjon Abdusalomov yo'llagan zarbani Eldor Adhamov qaytardi. Qaytgan to'pga Narimonjon Ahmadjonov zarba berdi, biroq zarba noaniq chiqdi.

🟨 74' Hamidullo Karimov qo'pol o'yini uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

🔄 72' "Andijon" tarkibida ikkita o'zgarish: Doniyor Abdumannopov va Rustam Turdimurodov o'rniga Hamidullo Karimov hamda Humoyunmirzo Iminov maydonga tushdi.

🔄 66' "Bunyodkor" tarkibida ikkita o'zgarish: Sardor Abdunabiev va Abdulhamid Ikromov o'rniga Narimonjon Ahmadjonov hamda Shahzodjon Nematjonov maydonga tushdi.

🟨 62' Bekzod Sulaymonov qo'pol o'yini uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

🔄 59' "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish: Mirkamol Annamatov o'rniga Abduqodir Mirfayziev maydonga tushdi.

⚽️ 49' GOL! "Andijon" hisobda oldinga chiqib oldi! Azizbek Turg'unboevning chap qanotdan jarima maydoniga uzatgan to'pini himoyachi qaytardi. Aleksandre Andronikashvili qaytgan to'pga zarba berdi. To'p yo'l-yo'lakay Martin Boakega tegib, darvoza to'ridan joy oldi – 2:1.

46' Ikkinchi bo'lim boshlandi.

⏱ Birinchi bo'lim yakunlandi! Jamoalar 1:1 hisobida tanaffusga yo'l olishdi.

45+2' Chap qanotdan uzatilgan to'pga Martin Boake bosh bilan zarba berdi. Abdumavlon Abdujalilov to'pni egallab oldi.

45' Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

🔄 44' "Andijon" tarkibida majburiy o'zgarish: jarohat olgan Muhammadkarim Toirov o'rniga Bekzod Sulaymonov maydonga tushdi.

⚽️ 39' GOL! "Andijon" hisobni tenglashtirdi! Chap qanotdan uzatilgan to'pga Martin Boake bosh bilan zarba berdi. To'p Ivan Bukringa tegib, Aleksandre Andronikashviliga kelib tushdi. Andronikashvili aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi – 1:1.

37' Sardor Abdunabievning jarima zarbasidan so'ng to'p jonli devordan qaytdi. Qaytgan to'pga Nosirjon Abdusalomov zarba berdi, biroq to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

⚽️ 30' GOL! "Bunyodkor"ning goli inobatga olindi! Hisob ochildi – 0:1.

🚩 27' Sardor Abdunabievning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini Eldor Adhamov qaytardi. Qaytgan to'pni Nosirjon Abdusalomov darvozaga joylab qo'ydi, biroq hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. Gol inobatga olinmadi.

⚠️ 26' Xavfli vaziyat! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Martin Boake bosh bilan darvozaga yo'lladi. To'p to'sin ustidan o'tib, darvoza to'rining tashqi tomoniga tushdi.

23' Sardor Abdunabievning zarbasidan so'ng to'p yon chiziqdan tashqariga chiqib ketdi.

🟨 18' Nosirjon Abdusalomov sariq kartochka bilan jazolandi. Hakam, chamasi, futbolchini etirozi uchun ogohlantirdi.

⚠️ 11' Xavfli vaziyat! "Andijon"ning o'ng qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Martin Boake bosh bilan zarba yo'lladi. To'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

10' Sardor Abdunabiev bosh bilan zarba yo'lladi, biroq zarba kuchsiz chiqdi.

5' "Bunyodkor" o'ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Odilbek Abdumajidov uzatilgan to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.

1' O'yin boshlandi. "Andijon" qizil, "Bunyodkor" esa oq liboslarda harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia