"Surxon" "Lokomotiv" stadionida mezbon bo'lgan bahsda "temiryo'lchilar"ga mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2026, 15:55
"Surxon" hamda "Lokomotiv" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 29-tur bahsi yakunlandi.

Superliga, 29-tur

"Surxon" - "Lokomotiv" 0:2

Gol: 18 - Aleksandr Shushnyar (Suhrob Nurulloev), 47 - Temurxo'ja Abduxoliqov

Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Javohir Sadaqulov

VAR: Umidjon Rahimjonov

AVAR: Edita Mirabidova

Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov

Komissar: Shohzod Xolbaev

"Surxon": 25. Otabek Boymurodov, 6. Behzod Shamsiev, 7. Dostonbek Tursunov, 8. Humoyun Sherbutaev, 15. Diyor Ramozonov (14. Tohirjon Ashurboev, 25), 17. Sarvar Abduhamidov (23. Komronbek Yusupov, 46), 18. Behruz O'ktamov (33. Umidbek Quvondiqov,76), 19. Farruxjon Qodirov (34. Behro'z Akramov, 46), 21. Tornike Dzebniauri (31. Kamronbek Ergashev, 76), 26. Behruz Shukurullaev, 27. Muhammadali Musaxanov.

Zaxira: 86. Davron Merganov, 5. Mo'minxon Bahodirxonov, 32. Boburjon Rahimjonov, 79. Santyago Garsiya.

"Lokomotiv": 1. Aleksey Kozlov, 9. Suhrob Nurulloev, 10. Shodiyor Shodiboev (99. Jasurbek Yaxshiboev46), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (8. Bilol Tulpiev,67), 15. Aleksandr Shushnyar, 17. Sardor Mirzaev (23. Diyorjon To'rapov,46), 18. Oleksandr Kucherenko, 22. Sunnatilla Poyonov, 28. Shuhrat Muhammadiev, 45. Yovan Nishich (7. Quvonchbek Abraev, 77), 70. Muhammedali Reimov (14. Nikolay Ivanov,67).

Zaxira: 12. Nikita Shevchenko, 21. Ilya Yelichich, 33. Oleg Zoteev, 61. Nurlan Ibraimov, .

Ogohlantirish: 45 - Sunnatilla Poyonov

Uchrashuv yakunlandi

90+2. Quvondiqovning zarbasini Kozlov bartaraf etdi

83. Nurulloev maydon markazida to'pni olib qo'ydi va zarba yo'lladi, uning zarbasi noaniq ketdi

80. Diyor Turopovning zarbasini darvozabon qaytardi

72. Tornikening zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

68. Suhrob Nurulloevning zarbasi noaniq ketdi

59. O'ktamovning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

53. Endi navbat Boymurodovdan seyv. Reimov darvozabon bilan birga bir chiqdi va zarba yo'lladi. Uning zarbasini darvozabon bartaraf etdi

51. Yusupovning zarbasini Kozlov qaytardi

47. GOOOL. Bo'lim avvalida "Lokomotiv" hisobni o'zgartirmoqda. Turopovning zarbasini Boymurodov qaytardi. Qaaytgan to'pni esa Temurxo'ja Abduxoliqov darvozaga joylab qo'ydi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45. Sunnatilla Poyonov ogohlantirildi

38. Ustunlik to'liq rasmiy mehmonlarda. Hozircha "Surxon" raqiblariga qarshi hech qanday qarshilik qila olmayapti

35. Yovan Nishichning jarima maydonchasi yaqinidan yo'llagan zarbani surxonliklar darvozaboni qaytardi

32. Temurxo'janing uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

21. Bosh hakam manitor oldiga bordi va qo'pollik golni bekor qilishga asos bo'lmasligini ma'lum qildi va gol hisobga olindi

Hakam VAR manitoriga bordi. G'ayrat Jo'raev ehtimoliy qo'pollikni tekshirmoqda

18. GOOOL. Nurulloevning jarimadan uzatgan to'pdan so'ng Aleksandr Shushnyar boshi bilan zarba yo'llab, gol urdi. Bu vaziyatda surxondaryoliklar himoyasi juda passiv harakat qildi

17. Yana bir zarba va yana bir bor mehmonlardan. Reimovning zarbasi noaniq ketdi

15. Toshkentliklar juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng Yovan Nishich bitta o'zi bo'sh darvoza oldida qolgandi, biroq futbolchining boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

14. Uchrashuv ancha hujumkor o'tmoqda. Mirzaevning ajoyib zarbasini darvozabon burchakka chiqarib yubordi

13. Tornike Dzebniaurining 16 metrlardan yo'llagan zarbasini Kozlov qiyinchilik bilan qaytardi

9. Rasmiy mezbonlar himoyada xatoga yo'l qo'ydi. Surxonliklarning baxtiga Temurxo'janing zarbasi noaniq ketdi

8. Shodiboevning yaxshi zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

Uchrashuv boshlandi!

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia