So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  0 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  6 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12

Mirjalol Qosimov: "Parokanda o'yin namoyish qildik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Parokanda o'yin namoyish qildik"

Superliganing 21-turi doirasida "So'g'diyona" - OKMK (4:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Nima ham deymiz, parokanda o'yin namoyish qildik. Avvalambor, muxlislardan uzr so'rayman. "So'g'diyona" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi, uchinchi va to'rtinchi golda yosh bolalardek xatoga yo'l qo'ydik. O'z navbatida raqib futbolchilarining mahorati ham o'z so'zini aytdi. Jumladan, Doriev o'zining gollarida nimalarga qodirligini ko'rsatdi. Lekin aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak. Bunday oddiy xatolar qilishimiz kerak emasdi. Doriev bundan unumli foydalanib ketdi. Bu holatlarni ko'rib, sabablarini bilib olamiz. Hozirgi paytda ayta olamanki, himoyadagi uch qo'pol xatodan keyin biz gollar o'tkazib yubordik.

- OKMK jamoasi birinchi davrada shov-shuvli natijalar qayd etdi. Ikkinchi davrada esa jamoada pasayish bordek. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Sababi - bunday oddiy xatolar qilish kerak emas. Imkoniyatlardan foydalana olish kerak. Yigitlarda gol o'tkazib yuborgandan keyin gol urib olamiz degan fikr ham paydo bo'lgandek. Lekin futbolda hammasi ham biz o'ylagandek bo'lmaydi. Chunki raqib jamoa ham etarli darajada qarshilik ko'rsatadi. Bungacha "So'g'diyona"ga qarshi o'yinlarda o'zimizni ko'rsatib kelayotgandik. Bugun ham hisob 3:1 paytida Ali Abdurahmonov, Nodir Abdurazzoqov kabi futbolchilarda yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Mayli ortda xato qilgan bo'lsak-da, oldinda vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi. Shu asosiy sabab.

- Oldingilariga qaraganda bugungi bahsda markaz boy berilgani uchun o'yinda jamoa yutqazdimi?

- Yo'q. Birinchi bo'limda ham yaxshi hujumlar qildik. 

- Ikkinchi bo'limda esa hujumlar kamaydi.

- Biz oxirigacha kurashdik. Futbol shunisi bilan qiziq. Har doim biz o'ylagandek bo'lmaydi, chunki raqib jamoa ham bor. Ha, "So'g'diyona" bilan doimo jangovar o'yin bo'lgan. Lekin biz uchta juda oddiy vaziyatda gollar qo'yib yubordik. 3:1 paytida Ali, Nodir, Azizda yaxshi vaziyatlar bo'lgandi. 11 metrlik nuqtaga yaqin joy edi. Tepgan to'pi gol bo'lmadi, shunda ham bizda harakatlar bor edi. Hullas gol ura olmadik. Balki bir o'yinda ko'p xato qilganimiz yaxshi bo'lgandir. Bu kelajakka yaxshi tasir qiladi. Aytishadi-ku, 5ta o'yinning barchasida bittadan xato qilib, 1:0ga yutqazgandan ko'ra, barchasini bitta o'yinda qilgan yaxshiroq deb. O'z navbatida "So'g'diyona" ham biz ham doimo ochiq o'yin ko'rsatamiz. Balki shu sababdir, natija doim ham yaxshi bo'lavermaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика