Timur Kapadze: "Atrofdagi voqealardan juda charchadim"
11 sen 2025 13:57
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Atrofdagi voqealardan juda charchadim"
Boshlovchi Bobur Akmalov dastur mobaynida Timur Kapadzedan haligacha so'roq ostida qolayotgan terma jamoa bosh murabbiyi masalasidagi gap-so'zlar haqida fikr so'radi.
Bobur Akmalov: - Timur aka, telefonni shartta qo'lingizga olib: "Ravshan Sayfitdinovich, bunaqa ish bo'lmaydi, bunaqa qilaylik, degingiz kelmadimi?"
"To'g'risini aytsam, atrofdagi voqealardan juda charchadim. Nima bo'lsa, bo'lsin. Bo'ladigan narsa bo'ladi. Nasibam bu erda bo'lmasa, boshqa joyda bo'ladi.
Endi associaciya bu narsani o'ylagandir. Balki savollarga aniq javobi yo'qdir. Bilmadim, nima sabab".
Bobur Akmalov: - Ikki enlik rasmiy xabar bilan hammasini to'xtatsa bo'lardi...
"Albatta, fikringizga qo'shilaman. Men turnir bilan ovora bo'ldim va boshqa narsalarga chalg'igim kelmadi".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston futbol associaciyasi ayni chog'da "Vest Xem" sobiq ustozi Slaven Bilich bilan muzokaralarga kirishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar