Martinelli "Arsenal"dagi raqobat haqida gapirdi
12 sen 2025 20:57
Yangiliklar
Martinelli "Arsenal"dagi raqobat haqida gapirdi
"Arsenal"ning braziliyalik vingeri Gabriel Martinelli jurnalistlarga London jamoasidagi jiddiy raqobat haqida to'xtalib o'tdi.
Martinelli "The Mirror" nashriga bergan intervyusida "Arsenal"dagi raqobat bilan bog'liq vaziyat Braziliya terma jamoasidagiga o'xshashligini aytdi. Futbolchi titullarni qo'lga kiritishda yordam bera oladigan sifatli futbolchilar jamoa uchun muhim ekanini takidladi.
"Madueke va Ezening kelganidan juda xursandman. Yonimizda shunday yaxshi o'yinchilar borligidan mamnunmiz. Mavsumda ko'p o'yinlar bo'ladi, ular davomida ko'p narsa sodir bo'lishi mumkin", – deya qo'shimcha qildi Martinelli.

Eslatib o'tamiz, Gabriel Martinelli joriy mavsum "kanonirlar" safida Angliya chempionatida 2 o'yin o'tkazdi. Braziliyalik futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar