Xitoy termasi “SHanxay SIPG”ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi
21 may 2020 19:55
Yangiliklar


Xitoy termasi “SHanxay SIPG”ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi
Bu haqda Alisher Nikimbaev Telegram'dagi sahifasi orqali xabar bermoqda.
Xitoy TJ “SHanxay SIPG”ga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi va yirik g'alabani qo'lga kiritdi – 4:1. SHanxayning deyarli barcha legionerlari o'yinda qatnashishdi, ular orasida Odil Ahmedov ham bor. Biroq, Marko Arnautovich hali klub qarorgohiga qaytmagan.
Umuman, xorijlik futbolchilar muammosi Superliga boshlanishini kechiktirmoqda. Iyul o'rtalariga qadar Xitoy chempionati tiklanmasligi aniq. Gap shundaki, hozirda ko'plab futbolchilar Braziliyada, ular koronavirus pandemiyasining yangi to'lqiniga duch kelgan (kecha kun davomida 19 mingdan ortiq holat aniqlandi) va yangi qoidalarga ko'ra, epidemiologik xavfli hududlardan Xitoyga kelganlar 14 emas, 21 kunga karantinga olinadi”, deya yozgan Nikimbaev sahifasiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar