So’nggi yangiliklar

21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:09"Гёзтепе" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  1 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  2 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 19:20"Брентфорд" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  6 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  34 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  63 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  7 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  1 18:05"Севилья" — "Барселона". Таркиблар маълум  82 18:01ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда "Карван"дан устун келди, Раҳмоналиев 89 дақиқа ўйнади  1 18:00Про лига. "Арал" "Жайхун"ни, "Локомотив" "Олимпик"ни мағлуб этди  2 16:33Суперлига. "Насаф"нинг қоқилиши интригани қайтарадими? "Нефтчи" учун ажойиб имконият  6

Kenjaboevning SUPER goli "Qizilqum"ga muhim g'alabani taqdim etdi Yangiliklar

Kenjaboevning SUPER goli "Qizilqum"ga muhim g'alabani taqdim etdi

Superliga 24-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Mashal" o'yini yakunlandi.

"Qizilqum" – "Mashal" 1:0 

Gol: 78 - Islom Kenjaboev

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Zufar Ergashev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Nikita Mustafin

AVAR: Akmal G'iyosov

Komissar: Shohruh Said

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov (s), 8.Shaxzodbek Rahmatullaev, 9.Islom Kenjaboev (17.Akmaljon Muzaffarov,  86), 10.Roman Papariga (70. Shoxruz Norxonov, 46), 11.Jambuli Jigauri, 16. Asror G'ofurov, 18.Farxodbek Bekmuratov (22.Shahzod Turopov,62), 20.Bobomurod Bozorov, 23.Samandar Shukurillaev, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 88.Dushan Miyich (19.Ilhomjon Kenjaev,72)

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov, 7.Davron Anvarov,  33.Sulton Rahmatov, 78.Farruh Jo'raev

"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov (19.Islom Sharipov, 90), 7.Islombek Baratov (66.Diyorbek Mamataliev, 82), 8.Sardor Abduraimov (17.Anvar Murodov,56), 9.Ibrohim G'anixonov (57.Aminu Umar,56), 10.Humoyun Murtozaev (s), 15.Muhammadali Aliqulov (55.Farruh Toshpo'latov,  82), 28.Ergash Ismoilov, 34.Shaxboz Jo'raev, 37.Sherzod Fayziev, 80.Dmitriy Yashin

Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 4.Abdul Latif Abdallah Maga, 13.Nuriddin Nuriddinov,  27.Zafarbek Akramov, 

Ogohlantirish: Shahzod Turopov


YANGILASH



88. Ochilovning zarbasiga aniqlik etishmadi

86. Muzaffarov Kenjaboevni o'rniga maydonga tushdi

82. Toshpo'latov va Mamadaliev maydonga tushdi, ular Aliqulov va Baratovni alishtirishdi

80. Ogohlantirish: Shahzod Turopov ogohlantirildi

78. GOOOL. Islom Kenjaboevdan SUPERGOOL. Mezbonlar hujumchisi chamasi 35 metrlardan yo'llagan jarima zarbasining oldida raqib darvozaboni ojiz qoldi

76. Ilhomjon Kenjaevning kuchli va aniq zarbasini raqib posboni qiyinchilik bilan qaytarib qoldi

72. Milichning o'rniga Kenjaev maydonga tushdi

70. Mehmonlar qarshi hujumda raqibni jazolashga harakat qilishmoqda, biroq hozircha hech bir hujum samara bermadi.

63. Islom Kenjaboevning jarima maydonchasining ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

62. Turopov Bekmurodovning o'rniga maydonga tushdi

59. Samandar Shukurullaevning boshi bilan yo'llagan zarbasini Hamroev qiyinchiliksiz ushlab oldi

57. Farhod Bekmurodov maydon markazidan turib raqib darvozasi tomon zarba berdi, biroq zarbaga aniqlik etishmadi

56. Murodov va Umar maydonga tushdi, ular G'anixonov va Abduraimovni alishtirishdi

52. Shahzod Rahmatullaevning navbatdagi zarbasi noaniq ketdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Bo'lim boshida Papariganing o'rniga Norxonov maydonga tushdi

Ancha zerikarli o'tgan birinchi bo'lim yakunlandi. Umid qilamizki, ikkinchi bo'lim birinchisiga nisbatan ancha qiziqarli bo'ladi

45+2. Bobomurod Bozorovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

45+1. Rahmatullaevning jarimadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Bu birinchi bo'limdagi eng xavfli vaziyat bo'ldi

Hakam 1-bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

33. Mehmonlarning tezkor qarshi hujumini Shukrullaev bartaraf  etdi. Mehmonlarda burchak zarbasi. Burchak to'pidan so'ng navoiyliklar hujumni bartaraf etdi

28. Uchrashuv ancha sokin va zerikarli o'tmoqda

18. Dastlabki 10 daqiqada ancha faol harakat qilgan mezbonlarning hujumlari ancha kamaydi. Bu orada mehmonlar ham ancha sekinlik bilan raqib tomonga yaqinlashib bormoqda

8. Samandar Shukurullaevning zarbasi xavfli chiqdi. Uning zarbasi himoyachiga tegib, sal qolsa darvozaga kirib ketishi mumkin edi

7. Jumanqo'zievning chamasi 16 metrlar uzoqlikdan yo'llagan kuchli zarbasi aniq chiqdi. Raqib posboni to'pni egallab oldi

Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
05 okt 19:47:54
Фарход
Бугун '"'Кизилкум'"' галаба козонади.
   
05 okt 21:00:50
salom salom
NAVOIY AHLINI OLTINGA TENG G'ALABA BILAN QUTLAYMIZ.
MASH'ALGA OMAD KEYINGI TURGA
   
05 okt 20:59:48
salom salom
ISLOM GOLNIYAM YIRTIVORDING LEKIN QOYILLLLL
   
05 okt 19:39:06
salom salom
NAVOIYLIKLARGA OMAD BUGUN.
MASH'ALGA HAM
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика