Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" mehmonda "Gyoztepe"ga mag'lub bo'ldi, mehmonlar safida Shomurodov va Fayzullaev harakat qildi

Alisher Ostonov
5 okt 2025, 23:58
Turkiya Superligasi 8-tur doirasidagi "Gyoztepe" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini bo'lib o'tdi.

Istanbulliklar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa 61-daqiqada maydonga tushirildi.

Bahs taqdiri mezbonlar o'yinchisi Xuanning 43-daqiqadagi goli bilan hal bo'ldi.



O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia