So’nggi yangiliklar

14:25Алижоновнинг ҳолати қандай?  2 14:02Иван Бошкович юбилей ўйинда энг йирик мағлубиятини қабул қилиб олди  3 13:37Португалиялик легионер "Пахтакор"да тиббий кўрикдан ўтолмагани маълум бўлди  4 13:20"Қизилқум" мураббийи: "Клуб раҳбарияти кучли бешликка кириш вазифасини қўйган, биз ундан юқорироққа интиламиз"  2 13:06Бабаян нега Турғунбоевни "Сўғдиёна"га қарши ўйин қайдномасига киритмади?  2 12:48Маунтга АПЛнинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:12Осимхен фаолиятини "Ювентус"да давом эттирмоқчи  2 11:36Гвардиола "Ман Сити"да рўза тутган футболчилар ҳақида гапирди  8 10:11"Динамо"нинг "Навбаҳор"га қарши 11 йиллик омадсиз серияси тугайдими?  8 09:40"Қизилқум" 25 йилдан буён Тошкентда "Пахтакор"ни юта олмаяпти  1 09:18"Шерлар" ови омадли келган, Каннаваро ўйинни стадиондан кузатган "Пахтакор" - "Қизилқум" учрашувидан галерея  20 08:57Суперлига. Бугун Абрамов vs Кападзе дуэли ва яна 2 та ўйин бор  9 08:35Суперлига старти "Сўғдиёна"га омадсиз келишда давом этади  1 08:04"Андижон" кетма-кет тўртинчи бор мавсумни мағлубиятсиз бошлади  5 07:00 Суперлига. "Пахтакор" – "Қизилқум" 2:0  6

Vitaliy Levchenko: "O'zimizga bog'liq barchasini maksimal darajada bajaramiz" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "O'zimizga bog'liq barchasini maksimal darajada bajaramiz"

Superliga 24-tur doirasidagi "Neftchi" - "Andijon" o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Derbi bo'lganligi uchun qiyin o'yin bo'ldi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Muxlislarni tabriklayman", - dedi Vitaliy Levchenko g'alabadan so'ng.

- Chempionat yakunlanishiga kam vaqt qoldi. "Nasaf" bo'lsa kecha ochko yo'qotdi. "Neftchi" peshqadam poziciyasiga ko'tarilib olish ehtimolini qanday baholaysiz?

- Biz o'zimizga bog'liq barchasini maksimal darajada bajaramiz. Barcha jamoalar ochko yo'qotishadi. Biz o'zimizning ochkolarimizni yig'ib yurishimiz kerak. Har doim o'yindan o'yinga harakat qilamiz. Hozir esa keyingi uchrashuvga etibor qaratishimiz kerak.

- FIFA kunlarida "Neftchi" o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadimi?

- Ha, rejamizda bor. O'rtoqlik uchrashuvi tashkil etish maqsadidamiz.

- Fabio Kannavaro O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi haqida qanday fikrdasiz?

- Izoh berishim shart emas. Associaciya bor va bunga javobgar insonlar bor. Oldinda mundial. Kannavaro muxlislar va rahbariyat ishonchini oqlaydi degan umiddaman. Jahon chempionatida yaxshi natija qayd etilishiga tilakdoshman.

- Marushich kam o'ynamoqda. Unda jarohat bormi?

- Ha. U endigina jarohatdan tiklanmoqda. FIFA kunlaridagi tanaffus davomida to'liq tiklanib ulguradi degan umiddamiz. Keyingi uchrashuvlarda maydonga qaytib qoladi.

- Muxlislarga tilaklaringiz bormi?

- Bu juda yoqimli. Ikki sektor muxlislar ko'z oldida o'ynadik. "Andijon" muxlislari ham o'z jamoasini yolg'izlatib qo'ymadi. Bugungi atmosfera Chempionlar ligasi uchrashuvlarini eslatib yubordi.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика