Chempionlik uchun kurash avjida. "Neftchi" va "Nasaf"ning Superligadagi taqvimi qanday?
05 okt 19:05
Yangiliklar


Chempionlik uchun kurash avjida. "Neftchi" va "Nasaf"ning Superligadagi taqvimi qanday?
Kecha "Nasaf" Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lub eta olmagandi. Bugun esa "Neftchi" vodiy derbisida "Andijon"ni mag'lub etdi va o'zi uchun muhim g'alabani qo'lga kiritdi.
Shu tariqa, Superligada birinchi o'rinda ketayotgan "Nasaf" 2-pog'onadagi "Neftchi"dan atigi 2 ochko oldinda bormoqda.
Superliga yakuniga 6 tur qolganida chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarning raqiblari kimlar? Farg'onalik va qarshiliklar so'nggi turlarda kimlarga qarshi maydonga tushadi?
"Neftchi"ning so'nggi 6 turdagi raqiblari bilan tanishing:
19.10.2025: "Neftchi" - OKMK
25.10.2025: "Sho'rtan" "Neftchi"
02.11.2025: "Neftchi" - "Surxon"
07.11.2025: "Buxoro" - "Neftchi"
22.11.2025: "Neftchi" - "Qizilqum"
..........: "Xorazm" - "Neftchi"
"Nasaf"ning so'nggi 6 turdagi raqiblari bilan tanishing:
16.10.2025: "Nasaf" - "Qo'qon-1912"
26.10.2025: OKMK - "Nasaf"
20:10.2025: "Navbahor" - "Nasaf"
08.11.2025: "Nasaf" - "Mashal"
20.11.2025: "Paxtakor" - "Nasaf"
..........: "Nasaf" - "Dinamo"
Taqvimga qarasak, Farg'ona jamoasining raqiblari biroz kuchsizroq ko'rinadi. Ular so'nggi oltita turda TOP-5 jamoalardan atigi bittagina OKMKga qarshi maydonga tushadi. Qarshi jamoasida esa aksincha. "Ajdarlar" so'nggi 6 ta turda TOP-5 jamaolarning 4 tasiga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, "Nasaf" ushbu uchrashuvlardan tashqari Elit OCHL bahslariga yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Mavsum yakunlangan sari "Neftchi" ancha yaxshi formaga kirib bormoqda va raqiblarini mag'lub etmoqda. Shuningdek, ayni vaqtda farg'onaliklarda zaxira kengligi ham ancha foydaga ishlamoqda. Qarshi jamoasida esa aksi. Superligadan tashqari Elit OCHLda harakat qilishlari ularga ancha qiyinchilik tug'dirmoqda. Bundan tashqari, qarshiliklarning zaxirasi ikkinchi davrada ancha toraydi.
Nima bo'lgan taqdirda ham bizni joriy mavsum Superliganing ajoyib yakuni kutib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
2.Динамо
3.пахтакор
Буса кк.