Villian Angliyani tark etishi mumkin
31 mar 2020 11:40
Yangiliklar
Villian Angliyani tark etishi mumkin
"CHelsi" yarim himoyachisi Villianning kelajagi so'roq ostida turibdi.
31 yoshli braziliyalik futbolchi APLda qolishni istamoqda. Unga "Arsenal" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda. U shuningdek boshqa takliflarni ham ko'rib chiqadi.
"Men Angliya Premer-ligasida qolishni xohlayman, ammo boshqa ligalarda o'ynashimni ham istisno qilmayman", - deydi Villian.
Villian joriy mavsum "CHelsi" safida APLda 28ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, xavbek "CHelsi"ga 2013 yilda Rossiyaning "Anji" klubidan o'tgan edi.
Fikrlar