So’nggi yangiliklar

17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  0 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12

Usmon Toshev: "O'zbekiston bilan bahsda chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Usmon Toshev: "O'zbekiston bilan bahsda chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz"

Tojikiston terma jamoasi O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun Toshkentga etib keldi.

Bugun Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Assalomu alaykum. Yaxshi kutib olishgani uchun O'FAga va xizmat qilayotgan yigitlarga rahmat aytaman. Biz uzoq vaqt davomida ko'p muzokaralar o'tkazdik. CHunki, mana shunday sharoitda uchrashuv o'tkazmoqdamiz. CHegaradan o'tish, kelish kabi muammolarni birgalikda hal qildik. Muhimi sog' va salomat etib keldik. Bahsga odatdagidek tayyorlandik. Baribir etti oy davomida yig'ilmaganligimiz futbolchilarni holatidan malum bo'lmoqda. Dastlab bir hafta mobaynida Dushanbeda shug'ullandik, muhimi kayfiyat yaxshi. O'zbekiston bilan bahsda chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz futbolchilarni holatini ko'zdan kechirib olish. Tarkibda bir nechta yangi futbolchilarni ham ko'rib olamiz. Bilasiz, bu yilgi rasmiy o'yinlar barchasi qoldirilgan. SHu bois bizda rasmiy o'yinlarga tayyorlanish uchun vaqt etarli bo'ladi. Qaysidir manoda O'zbekiston bilan o'yin kichik imtixon deyishim mumkin",- deya gap boshladi Usmon Toshev.



- Futbolchilarni xavfsizligi qay darajada taminlangan?

- Biz talab bo'yicha etib keldik. Hammasi yaxshi bo'lishi kerak. Maska, antiseptiklar, perchatkalar hammasini bajaryapmiz. Test topshirdik, mana bugun ham qon tahlilini topshirdik. Testlarni natijasi yaxshi chiqishiga umid qilamiz.

- Ushbu uchrashuvdan nima kutmoqdasiz?

- Birinchi galda futbolchilarni ayni vaqtdagi holatini ko'rib olish. Boshqa mamlakatlar bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishda muammolarga uchradik, reyslar, etib borish u mamlakat bizni qabul qilishi va boshqalar. SHu sababli O'zbekiston bilan o'yin biz uchun qulay bo'ldi. Mashg'ulot bu mashg'ulot, o'yin bu o'yin.

Oktyabrda ham ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqishni reja qilganmiz. Terma jamoa uchun albatta o'yin kerak. CHunki, 6-7 oy yig'in o'tkazmaslik terma jamoalar uchun juda katta muddat. Noyabr oyida ham reja bor. Tojikistonda chempionat 4 oktyabr kuni tugaydi. O'zbekistonda esa noyabr oyining oxirida. Futbolchilarni to'plash uchun bizda sharoit bor.

- O'zbekiston terma jamoasinig ayni vaqtdagi tarkibi mahalliy futbolchilardan iborat...

- Kim bilan o'ynashimizning bizga farqi yo'q. Hozirda hamma qanday o'ynashni yaxshi biladi. Asosiysi qanday tayyorgarlik ko'rilgani. Mahalliy futbolchilar ham murabbiyga o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. O'zbekistonda bizga qaraganda futbolchilar juda ko'p. Taktikasiz o'ynab bo'lmaydi. O'zbekiston terma jamoasidagi ko'p futbolchilarni bilmasam ham ko'rganman, ancha tezkor va kuchli futbolchilar yig'ilgan.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика