Tojikiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
03 okt 09:49
Yangiliklar
Tojikiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Serbiyalik 58 yoshli Goran Stevanovich Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Goran Stevanovich Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan Gana terma jamoasini boshqargan, shuningdek, Serbiya U-21 terma jamoasini boshqargan. Stevanovich 2006 yilgi jahon chempionatida Serbiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ham ishlagan.
Klub darajasida Stevanovich Serbiya, Greciya va Xitoydagi jamoalarida ishlagan.
Goran Stevanovichning murabbiylar shtabidan ikki hamyurti ham joy oladi. Radmilo Azaniyach va Milan Pavlovich yordamchi murabbiylar sifatda faoliyat olib boradi.
Shuningdek, Stevanovichga "Barkchi" bosh murabbiyi Alifbek Beromov yordam beradi, Alisher To'ychiev esa Tojikiston terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar