"So'g'diyona" futbolchisiga Germaniyaning qaysi klubi qiziqayotgani ma'lum

Sherzod Nurmatov
17 okt 2025, 12:10
Tojikiston terma jamoasi hamda "So'g'diyona" himoyachisi Zoir Jo'raboevga Ikkinchi Bundesliganing "Xolshtayn" klubidan taklif kelib tushgan.

Bu haqda Goal.tj xabar berdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 27 yoshli futbolchi "2+1" ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekadi. Kelishuv 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Zoir Jo'raboevning jizzaxliklar bilan bitimi joriy yilning 30 noyabriga qadar mo'ljallangan. U nemis klubiga erkin agent sifatida borib qo'shilishi mumkin.

Bu transferni tojikistonlik o'yinchining agenti Kova Tilavpur ham tasdiqladi va muzokaralar davom etayotganini bildirdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.tj