Neymar "Oltin to'p" natijalari haqida: "Rafinyaning 5-o'rinda turishi - shunchaki masxarabozlik"
23 sen 22:03
Yangiliklar
Neymar "Oltin to'p" natijalari haqida: "Rafinyaning 5-o'rinda turishi - shunchaki masxarabozlik"
Kecha Parijda France Football talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. "Oltin to'p" sohibi "PSJ" qanot hujumchisi Usman Dembele bo'ldi.
Neymar braziliyalik tasirli shaxs Eduardo Semblanoning ijtimoiy tarmoqdagi postiga ovoz berish natijalarini tanqid qilib, izoh qoldirdi. Bloger yakuniy reytingning eng yuqori o'ntaligini elon qilib, shunday deb yozdi: "Ular o'zlaridan ketib qolishdi. Bundan ko'ra, mukofotni yana Messiga berganlarida yaxshiroq bo'lardi! Jin ursin, Rafinya 5-o'rinda! Vitinya uchinchi, Saloh to'rtinchi? Dembele esa g'olib bo'ldi. Daf bo'linglar".
Neymar esa ushbu post ostida izoh qoldirdi.
"Rafinyaning 5-o'rinda turishi - shunchaki masxarabozlik" - deb yozdi "Santos" hujumchisi Neymar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar