So’nggi yangiliklar

23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  83 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  1 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  4 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  31 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  14 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  74 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  3

Turkiya, Ekvartorial Gvineya, Avstraliya yoxud terma jamoamizning yana kimlar bilan o'yinlari bekor qilingan? Yangiliklar

Turkiya, Ekvartorial Gvineya, Avstraliya yoxud terma jamoamizning yana kimlar bilan o'yinlari bekor qilingan?

Yaqinda O'FA matbuot xizmati koronavirusninng "omikron" shtammi bilan bog'liq vaziyat tufayli Yaponiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilingani haqida malum qildi.

Biz buni to'g'ri tushunamiz va ortiqcha etirozimiz yo'q. Lekin shunisi aniqki, bu futbolimiz uchun yangilik emas. Avval ham vakillarimiz ishtirokidagi bir qator o'rtoqlik o'yinlari bekor qilingan, ular orasida nomdor raqiblar bo'lganini takidlash joiz. Buning uchun tarixga qaytamiz. 


2013 yil. Turkiya 

O'shanda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 14 avgust kuni Turkiya bilan Toshkentda o'rtoqlik bahsida maydonga chiqishi rejalashtirilgandi. Bu esa ishqibozlar uchun yaxshi xabar bo'lib, ular Toshkentda ancha vaqtdan beri Evropa darajasidagi terma bilan o'ynashimizni kutishayotgan edi, lekin Turkiya futbol federaciyasi o'zining saytida buni havo harorati juda issiqligi bilan bog'lagandi. Oradan 6 yil o'tib baribir milliy terma jamoamiz Ektor Kuper boshchiligida mazkur yurt futbolchilariga qarshi safarda maydonga chiqishdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.


2016 yil. Moldova 

Rejaga ko'ra, 9 feral kuni termamiz Samvel Babayan boshchiligida Moldova bilan nazorat o'yini o'tkazishi kerak edi. Lekin shu pallada  Moldova futbol federaciyasi vice-prezident Ion Testemicanu: "Biz 9 fevral kuni O'zbekiston bilan o'ynamoqchi edik. Ruminiya bilan 4 yoki 5 fevral kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi bo'ldik. Uchrashuvlar Antaliya shahrida o'tkazilishi kerak edi. O'FF (hozirgi O'FA) yig'inni BAAda o'tkazishga qaror qildi. Bizning Federaciyada BAAga bitta o'rtoqlik uchrashuvi uchun borish uchun pul yo'q, - deydi moldliga.com saytiga.

O'zbekiston Moldova bilan o'ynamaydigan bo'ldi


2016 yil. Ekvatorial Gvineya

2 iyunga belgilangan O'zbekiston - Ekvatorial Gvineya xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi Afrika milliy jamoasi federaciyasining tashabbusiga ko'ra bekor qilinadi. 

Ekvatorial Gvineya futbol federaciyasi bosh kotibi Tadeo Nsue Onva Afrika Konfederaciyasining rejasiga ko'ra, Afrika Millatlar Kubogining saralashi doirasida o'tkazilishi kerak bo'lgan Ekvatorial Gvineya-Benin o'yini 3 iyun kuni o'tkazilishi mumkinligini keltirgan. "Biz O'zbekiston Futbol Federaciyasidan uzr so'raymiz va ushbu o'yinning yaqin vaqt ichida o'tkazilishiga umid qilib qolamiz", - deb yoziladi Ekvatoriyal Gvineya futbol federaciyasi bosh kotibining maktubida.

O'zbekiston hamda Ekvatorial Gvinieya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bekor qilindi


2016 yil. Qirg'iziston

Ekvatorial Gvineya variantidan avval  O'FA Qirg'iziston bilan o'yin o'tkazishga qaror qiladi. Biroq bu ham o'xshamaydi. Qirg'iziston futbol federaciyasining Facebook’dagi rasmiy sahifasi "2 iyun kuni Toshkentda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi bahs mezbonlarning tashabbusi bilan bekor qilindi", - deb  malumot bergan edi. Raqib topa olmagan O'FA tezda klublarga xat yo'llaydi va legionerlardan iborat ramziy terma jamoaga qarshi bahs olib boradi. Keyinchalik ular bilan 2017 yilning avgust oyida Samvel Babayan boshchiligida "Bunyodkor" stadionida yopiq tarzda (5:0), 2019 yilning noyabr oyida Vadim Abramov murabbiyligida "Paxtakor" o'yingohida o'rtoqlik o'yini o'tkazishga muvaffaq bo'lganmiz (3:1). 


2017 yil. Armaniston 

JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan Suriyaga qarshi tayyorgarlik olib borayotgan hamyurtlarimiz 9-13 fevral kuni Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inida Armaniston bilan nazorat bellashuvida o'ynashi rejalashtiriladi. Biroq Armaniston Turkiyadagi siyosiy beqarorlik tufayli o'z yig'inini bekor qiladi. 


Armanistonga qarshi o'rtoqlik o'yini bekor qilindi


2020 yil. Avstraliya

O'FA o'tgan yilning 6 may kuni O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik rejasi va o'rtoqlik uchrashuvlari haqida malumot berdi. Unga ko'ra, 28 may sanasida vakillarimiz BAAga jo'nab ketishi va ertasi kuni Avstraliya bilan nazorat o'yinida ishtirok etishi kerak edi. Ammo raqib jamoa safidagi bir nechta futbolchi jarohat olgani sababli Avstraliya tomoni o'yinda qatnasha olmasligini malum qildi. Vadim Abramov shogirdlari esa uning o'rniga kuchsizroq bo'lgan Tailandga qarshi to'p tepishdi. O'shanda Grem Arnold bu uchun uzr so'ragandi. 

Avstraliya o'yinni bekor qilgani uchun endi O'FAga jarima to'laydi

Avstraliya bilan o'yin "otmen" bo'ldi o'rniga Tailand bilan o'ynaymiz

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика